
“Barselona” Londondagi “Chelsi” klubining hujumchisi Nikolas Jeksonni ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Euro-football.ru.
Caught Offside manbasiga ko‘ra, kataloniyaliklar 36 yoshli Robert Levandovskining o‘rniga yangi hujumchi qidirmoqda. “Chelsi” esa futbolchini sotmoqchi, ammo “Barselona” uni ijaraga olish imkoniyatini so‘ramoqda.
O‘tgan mavsumda Jekson “Chelsi” safida 37 o‘yinda maydonga tushib, jami 19 ta gol va assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroga teng.
Jeksonning “Chelsi” bilan shartnomasi 2033-yilgacha amal qiladi. “Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar