date

Ronaldu o‘g‘li: Yamal yaxshi, lekin otam zo‘rroq

Ronaldu o‘g‘li: Yamal yaxshi, lekin otam zo‘rroq
Futbol olamida yana bir qiziq mulohaza muhokamalar markaziga aylandi. Krishtianu Ronalduning o‘g‘li “Barselona”ning yosh iste’dodi Lamin Yamalni o‘z otasi bilan taqqoslab, o‘ziga xos fikr bildirdi.

Yaqinda 18 yoshni qarshi olgan Yamal Ispaniya terma jamoasi safida Yevro-2024dagi to‘p surishi bilan millionlab muxlislarni hayratda qoldirgandi. Ammo Ronalduning o‘g‘li uning yutuqlarini real baholadi.

“Lamin hozir Krishtianudan yaxshiroqmi? Ha, u yaxshi futbolchi. Lekin u hali hech narsa yutmagan”, – deya Barca Universal nashri kichik Ronalduning so‘zlarini keltiradi.

Ma’lumki, kichik Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi akademiyasida to‘p surmoqda. Unda ham otasining futbolchilik izidan borish niyati borligi sira yashirin emas.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu iyun oyi oxirida “An-Nasr” bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladi. Bu esa uning kelajakdagi faoliyati Saudiyada davom etishini anglatadi.

Futbol olamida yangi yulduzlar porlayotgan bir paytda, Ronaldu nomini himoya qiluvchilar safida uning o‘g‘li ham shiddat bilan o‘sayotgani kuzatilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu o‘g‘li: Yamal yaxshi, lekin otam zo‘rroq