date

Messi yana porladi: MLSda turning eng yaxshisi

Messi yana porladi: MLSda turning eng yaxshisi
Argentinalik Lionel Messi yana bir bor MLSda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu unvon unga Shimoliy Amerika ligasining 23 va 24-tur uchrashuvlaridagi yuqori samaradorligi uchun berildi.

10 iyul kuni Messi “Inter Mayami” safida “Nyu-Inglend Revolyushn” darvozasiga ikkita gol kiritdi va jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Oradan ko‘p o‘tmay, 13 iyulda u “Neshville”ga qarshi o‘yinda ham dubl qayd etib, yana jamoasini 2:1 hisobidagi g‘alabaga yetakladi.

Shu orqali, Lionel Messi joriy mavsumda MLSda to‘rtinchi marta turning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Uning "Inter Mayami" tarkibidagi umumiy mukofotlari soni esa 10 taga yetdi.

E’tiborlisi, MLS tarixida faqatgina besh nafar futbolchigina ushbu sovrinni 10 yoki undan ortiq marta qo‘lga kirita olgan. Messi bu ro‘yxatda o‘z nomini mustahkamlay oldi.

2023 yildan beri MLSda to‘p surib kelayotgan Lionel Messi nafaqat klub muxlislarining, balki butun Amerika futbol jamoatchiligining e’tibor markazida bo‘lib turibdi.

Messi – dunyo futbolida afsona sanaladi va u MLSda ham o‘z nomini yorqin harakatlari bilan abadiylashtirishda davom etmoqda. Uning har bir goli va muvaffaqiyati millionlab ishqibozlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi yana porladi: MLSda turning eng yaxshisi