
AQSHda o‘tkazilgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati nafaqat futbolchilarning mahorati, balki klublarning moliyaviy “harbiy tayyorgarligi”ni ham namoyon etdi. Turnirning asosiy g‘olibi sifatida Londonning “Chelsi” klubi nafaqat kubokni, balki eng katta pul mukofotini ham qo‘lga kiritdi.
Finalda fransuz giganti PSJni 3:0 hisobida mag‘lub etgan “aristokratlar” turnir natijasida umumiy 114,6 million dollarlik daromadga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan “Chelsi” nafaqat sportda, balki biznesda ham chempionga aylandi.
Ikkinchi o‘rin egalari — PSJ ham katta mablag‘ bilan qoniqdi: ularning umumiy daromadi 106,9 million dollarga yetdi. “Real Madrid” esa bu borada 82,5 million dollar bilan kuchli uchlikni yakunladi.
Quyida turnirda eng ko‘p pul ishlagan 20 klub ro‘yxati bilan tanishing:
1. Chelsi – $114,6 mln
2. PSJ – $106,9 mln
3. Real Madrid – $82,5 mln
4. Fluminense – $60,8 mln
5. Bavariya Myunxen – $58,2 mln
6. Borussiya Dortmund – $52,3 mln
7. Manchester Siti – $51,7 mln
8. Palmeyras – $39,8 mln
9. Inter Milan – $36,8 mln
10. Al-Hilol – $34,2 mln
11. Benfika – $32,2 mln
12. Flamengo – $27,7 mln
13. Botafogo – $26,7 mln
14. Yuventus – $26,6 mln
15. Portu – $24 mln
16. Atletiko Madrid – $21,4 mln
17. Inter Mayami – $21 mln
18. Monterrey – $21 mln
19. River Pleyt – $18,2 mln
20. Boka Xuniors – $17,2 mln
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada jahonning turli burchaklaridan 6 konfederatsiyaga mansub jami 32 ta klub ishtirok etgan. Ularning aksariyati uchun bu turnir faqat sport sinovi emas, balki moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishdagi muhim vosita bo‘ldi.
Jahon chempionatidagi muvaffaqiyat nafaqat medallar, balki milliard dollarlik transferlarga ta’sir ko‘rsatadigan salohiyat va obro‘ ekanini yana bir bor isbotladi. Shu boisdan ham, bugungi kunda maydondagi g‘alaba bilan bir qatorda hisob-kitoblar ham jiddiy ahamiyat kasb etmoqda.
Turnir yakunlandi, ammo uning iqtisodiy tahlillari va futbol bozoriga ta’siri hali-hanuz futbol jamoatchiligining e’tibor markazida qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar