date

Lamin Yamal endi Messining sobiq raqamida o‘ynaydi

Lamin Yamal endi Messining sobiq raqamida o‘ynaydi
Vinger Lamin Yamal o‘yin raqamini o‘zgartirdi, deb Euro-football.ru xabar berdi.

Kutilganidek, iste’dodli futbolchi "Barselona" jamoasida endi 10-raqam ostida maydonga tushadi. Bu haqda Yamalning shartnomasini yangilash marosimi davomida e’lon qilindi.

Oldinroq Yamal "Barselona" safida 19-raqam bilan o‘ynagan edi. 10-raqam esa avvallari Lionel Messi, Ronaldinyo, Rivaldo kabi yulduz futbolchilarga tegishli bo‘lgan.

Yamaldan oldin bu raqamni Ansu Fati kiygan, u yaqinda "Monako" klubiga o‘tdi. Lamin Yamal o‘tgan hafta oxirida 18 yoshga to‘ldi.

U "Barselona" asosiy jamoasi tarkibida 106 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 34 ta golga assist bergan. Yamal jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib, undan katta umidlar kutilyapti.

Uning raqamni almashtirishi klubda yangi davr boshlanishidan darak beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal endi Messining sobiq raqamida o‘ynaydi