
Futbolning yangi avlodi vakillaridan biri, “Barselona” klubining 18 yoshli iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal o‘zining shaxsiy “barcha davrlar uchun ideal jamoa”sini tuzdi.
Yosh bo‘lishiga qaramay, jahon futbolida katta e’tibor qozongan Yamal o‘z jamoasiga nafaqat “Barselona” afsonalarini, balki asosiy raqib hisoblangan “Real” jamoasining yulduzlarini ham kiritdi. Bu uning xolis futbol qarashlaridan dalolat beradi.
Quyida Yamal tanlagan ramziy tarkib:
Darvozabon:
Iker Kasilyas (Ispaniya)
Himoyachilar:
Dani Alves (Braziliya)
Jerar Pike (Ispaniya)
Serxio Ramos (Ispaniya)
Marselo (Braziliya)
Yarim himoyachi:
Zinedin Zidan (Fransiya)
Hujumchilar:
Lionel Messi (Argentina)
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
Ronaldino (Braziliya)
Neymar (Braziliya)
Ronaldo (Braziliya)
Bu jamoa nafaqat taniqli ismlar, balki har biri futbol tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslardan tashkil topgan. Ular o‘z zamonasining tengsiz yulduzlari bo‘lib, ko‘plab sovrin va yuraklarga ega bo‘lgan.
Lamin Yamalning bu tanlovi muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning nafaqat “Barsa” afsonalarini, balki raqib klub yulduzlarini ham kiritish orqali professional va xolis yondashuv namoyon etgani alohida e’tirofga loyiq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar