date

Flik “Barsa”ning qaysi pozitsiyasiga yangi futbolchi olish niyatida emas?

Flik “Barsa”ning qaysi pozitsiyasiga yangi futbolchi olish niyatida emas?
Kataloniyaning mashhur futbol klubi “Barselona”da yana bir muhim qaror qabul qilindi. Jamoaning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarimhimoya chizig‘iga yangi futbolchi olib kelish rejasini inkor etdi. Unga ko‘ra, jamoada bu pozitsiya uchun yetarlicha futbolchi bor va hozircha yangilanishga ehtiyoj yo‘q, deb xabar berdi mundodeportivo.com.

Flikning fikriga ko‘ra, "Barsa" yarimhimoyasi shunchalik kuchli va to‘liqki, yangi transferga o‘rin yo‘q. Agar yaqinda yangi futbolchi kelsa, u albatta yarimhimoyachi bo‘lmasligi aniq, degan nemis mutaxassisi.

“Yarim himoya chizig‘imiz juda yuklangan. Hozirda jamoada raqobat yuqori va har bir futbolchiga o‘rin bor. Bizdagi muvozanatni saqlab qolish muhim,” – deya so‘zlarini qo‘shimcha qildi Flik.

Mazkur qaror “Barselona”ning transfer siyosatida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki muxlislar va mutaxassislar jamoa tarkibida yana yangi va iste’dodli yarimhimoyachilarni ko‘rishni kutmoqda edilar. Ammo bosh murabbiy bu mavqeda muvozanatni saqlab turish tarafdori ekanligini ochiq aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, Xans-Diter Flik 2024 yilning may oyidan buyon "Barselona" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘zining ilk mavsumida jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Qayd etish joiz, "Barsa" o‘tgan mavsumda La Liga chempioni bo‘ldi, Ispaniya Kubogini va Superkubokni ham qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasining yarim finaligacha yetib borib, u yerda "Inter"ga mag‘lub bo‘ldi.

Flikning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, bu davr mobaynida u jamoani yanada rivojlantirish va Yevropadagi yetakchi klublar qatorida saqlab qolish maqsadida ish olib bormoqda.

Endi e’tibor klubning yozgi transferlariga qaratiladi. Flik qanday futbolchilarga ishonch bildiradi va qaysi pozitsiyalarga e’tibor qaratadi — bu savollar javobini yaqin haftalarda bilamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Flik “Barsa”ning qaysi pozitsiyasiga yangi futbolchi olish niyatida emas?