
Bir necha daqiqalar avval Avstriyada bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakun topdi. Unda "Istanbul Bashakshehir" jamoasi Germaniyaning "Fortuna Dyusseldorf" klubi bilan bahs yuritdi. Mazkur bellashuv murabbiylar uchun yangi futbolchilarni sinab ko‘rish, jamoa taktikasini takomillashtirish va mavsum oldi tayyorgarlik jarayonini baholash imkonini berdi, deb xabar berdi sport.es.
Yig‘in doirasidagi ushbu uchrashuvda Eldor Shomurodovning yangi jamoasi “Istanbul Bashakshehir” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida, aniqrog‘i, 70-daqiqada murabbiy Eldorni zaxiradan maydonga tushirdi. Shomurodov, odatdagidek, faol va harakatchan o‘yini bilan jamoa hujumlarini kuchaytirishga kirishdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, 83-daqiqada u yana bir bor o‘z mahoratini namoyon etdi – o‘ziga xos aniq uzatma yo‘llab, Omer Faruk Beyazning gol kiritishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Aynan shu gol o‘yin taqdirini hal qildi.
"Istanbul Bashakshehir" - "Fortuna Dyusseldorf" 1:0
Gol: Omar Faruk Beyaz (83).
"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Sengezer, Osseynou Ba, Ivan Brnich, Onur Bulut, Migel Krespo, Nuno da Kosta, Leo Duarte, Kristofer Operi, Berat Ozdemir, Omar Shahiner, Yusuf Sari.
Zaxiradan tushganlar: Omer Faruk Beyaz, Onur Ergun, Umut Gyunesh, Devi Zelke, Eldor Shomurodov.
"Fortuna Dyusseldorf": Florian Kastenmeyer, Sotirios Aleksandropulos, Shinta Appelkamp, Anuar El Azzuzi, Morits Xeyer, Emmanuel Iyoxa, Tim Oberdorf, Kristian Rasmussen, Danni Shmidt, Kennet Shmidt, Mattias Zimmerman.
Zaxiradan tushganlar: Hamza Anxari, Elias Eguli, Jiovanni Xaag, Julian Xettver, King Manu Samuel, Jonax Nemes, Jamil Sibert, Sima Suso, Vinsent Vermeyi.
Bu Eldor uchun "Bashakshehir" tarkibidagi ilk uchrashuvlardan biri bo‘ldi va u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashni boshlaganini amalda isbotladi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov yaqinda Italiyaning "Roma" klubidan ijara asosida Turkiyaga ko‘chib o‘tgan. Uning ushbu yangi jamoadagi faoliyati katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda. Jamoa undan ko‘p gol va samarali o‘yin kutayotgani aniq.
Shuningdek, olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "SSKA" tarkibida to‘p surayotgan yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayevning ham “Bashakshehir”ga o‘tishi yaqin. Agar ushbu transfer amalga oshsa, turk jamoasida o‘zbekistonlik duet vujudga kelishi mumkin.
Eldorning muvaffaqiyatli debyuti va Abbosbekning ehtimoliy qo‘shilishi ortidan “Istanbul Bashakshehir” klubiga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi. Muxlislar esa endi jamoa o‘yinlarini nafaqat jamoa uchun, balki o‘z futbolchilarimiz harakatlarini ko‘rish maqsadida ham kuzatishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar