
Jahon futbolining eng nufuzli yulduzlaridan biri bo‘lgan Krishtianu Ronaldu nafaqat maydondagi o‘yini, balki transfer masalalaridagi ta’siri bilan ham futbol olamida faol harakat qilmoqda. Sport.es saytining xabariga ko‘ra, Ronaldu “An-Nasr” klubiga “Liverpul” futbolchisi Luis Diasni olib kelishni tavsiya qilgan.
Kolumbiyalik tezkor va texnik futbolchi bo‘lgan Luis Dias qanotda samarali o‘ynab, Ronalduning gollar urishi uchun imkoniyatlar yaratib berishi mumkinligi aytilmoqda. Ronaldu aynan shunday ijodkor va hujumkor futbolchini o‘z yonida ko‘rishni xohlaydi.
An-Nasr klubi bu transfer uchun 100 million yevro (13,2 trillion so‘m atrofida) to‘lashga tayyor. Mutaxassislarning fikricha, bu miqdor “Liverpul”ni qoniqtirishi mumkin. Avvalroq “Bavariya” 67,4 million yevro taklif qilgan, biroq ingliz klubi rad etgan edi.
Agar bu transfer ro‘yobga chiqsa, Ronaldu va Dias hujum chizig‘ini keskin kuchaytirishi mumkin. Saudiya chempionati yana bir yuqori darajadagi futbolchi bilan boyiydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar