date

Reshford “Barsa”da? Kataloniyaliklar bitimni yakunlash arafasida

Reshford “Barsa”da? Kataloniyaliklar bitimni yakunlash arafasida
Angliyaning yetakchi futbolchilaridan biri, hujumchi Markus Reshford katta ehtimol bilan “Manchester Yunayted”ni tark etmoqda. Uning yangi manzili esa – Ispaniyaning mashhur klubi “Barselona” bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Yevropadagi yirik sport manbalari xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar murabbiylar shtabi futbolchining transferiga ijobiy munosabat bildirgan va hozirda muzokaralar so‘nggi bosqichga kirgan. Bu o‘yinchining yangi mavsumda La Ligada to‘p surish ehtimolini yanada kuchaytirmoqda.

Shuningdek, avvalroq tarqalgan xabarlarda “Barselona” klubi Reshfordning “MYU”dagi oylik maoshini to‘liq qoplay olmasligi ta’kidlangan edi. Britaniyalik futbolchi hozirgi paytda haftasiga 300 ming funt maosh oladi. Biroq u Ispaniya grandi safida to‘p surish imkoni paydo bo‘lgani sababli, o‘z maoshini ancha miqdorda kamaytirishga rozi bo‘lgani aytilmoqda. Bu esa uning “Barsa”ga qo‘shilish istagini qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatadi.

Markus Reshford so‘nggi mavsumlarda “Manchester Yunayted” tarkibida bir qancha muvaffaqiyatli o‘yinlar o‘tkazgan bo‘lib, o‘zining tezligi, driblingi va golli vaziyatlar yaratishdagi mahorati bilan futbol jamoatchiligining e’tiborini tortgan. Shu bois, “Barselona”ning unga qiziqishi mutlaqo tasodifiy emas.

Kataloniya klubi so‘nggi yillarda moliyaviy qiyinchiliklar sababli transferlarda ehtiyotkor bo‘lib kelayotgan edi. Biroq klub rahbariyati Reshfordning potensiali va uning jamoaga qo‘shadigan qiymatini inobatga olgan holda, bu bitimga jiddiy yondashmoqda. Uning faoliyatini Primerada davom ettirishi “Barselona”ning hujumdagi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Ayni paytda, klub va futbolchi o‘rtasidagi kelishuv shartlari ishlab chiqilmoqda va yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Agar bitim amalga oshsa, bu “Barsa”ning yozgi transfer oynasidagi eng shov-shuvli transferlaridan biriga aylanishi mumkin.

Futbol jamoatchiligi esa bu jarayonni qiziqish bilan kuzatmoqda. Chunki Markus kabi iqtidorli va yosh futbolchining La Ligada to‘p surishi nafaqat “Barsa”, balki Ispaniya chempionati uchun ham katta yutuq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Reshford “Barsa”da? Kataloniyaliklar bitimni yakunlash arafasida