
Yangi statistika, yangi tarix — futbol olami yana bir rekordga guvoh bo‘ldi: “Inter Mayami”ning 38 yoshli argentinalik sardori Lionel Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi, deb xabar berdi mlssoccer.com. U bu ko‘rsatkichda uzoq yillardan beri raqobat qilib kelayotgan portugaliyalik Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi va yangi standart o‘rnatdi.
20 iyul kuni MLS doirasidagi “Nyu-York Red Bullz”ga qarshi uchrashuv futbol tarixida muhim kunlardan biri bo‘lib qoldi. “Inter Mayami” raqibini safarda 5:1 hisobida mag‘lub etdi va ushbu bellashuvda Messi tom ma’noda haqiqiy lider ekanini yana bir bor namoyish qildi. U 2 ta gol urdi va 1 ta assist bilan ajralib turdi. Quvonarlisi, har ikki gol ham penaltisiz, o‘yin sharoitida kiritildi.
Shu tariqa, Lionel Messi professional faoliyati davomida penaltisiz kiritilgan gollar sonini 764 taga yetkazdi. Portugaliyalik super yulduz Krishtianu Ronaldu esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha hozircha 763 ta bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Raqobat ancha shiddatli bo‘lgani, bu natija ikki futbolchining o‘zaro kurashida yangi bosqichni boshlaganini anglatadi.
Umuman, Messi 1114 ta rasmiy o‘yinda 874 ta gol urgan, ulardan 110 tasi penaltidan. Ronaldu esa 1281 uchrashuvda 938 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan, 175 ta golni penaltidan kiritgan. Statistik jihatdan qaralganda, Messining penaltisiz gollari salmog‘i va samaradorligi uning futboldagi universalligini va o‘yin sharoitidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mutaxassislar va muxlislar bu natijani yangi era boshlanishi, zamonaviy futbolda Messining o‘rni va ta’siri yanada kuchaygani sifatida baholamoqda. Bu esa uning nafaqat to‘purarlik, balki aniq va samarali harakatlar orqali chinakam futbol afsonasiga aylanganini anglatadi.
Endi esa butun futbol olami Messi va Ronaldu raqobatining kelgusi pog‘onasida qanday statistika va rekordlar yaratilishini kutmoqda. Yana bir bor tasdiqlandiki, futbolda rekordlar — to‘xtamas jarayon va undagi asosiy “harf”lar Messi va Ronaldu nomiga bog‘liq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar