date

Pogba: Reshfordning ketishi — “Manchester Yunayted” uchun omadsizlik

Pogba: Reshfordning ketishi — “Manchester Yunayted” uchun omadsizlik
Futbol olamida yana bir kutilmagan transfer amalga oshmoqda. “Manchester Yunayted” safidagi asosiy hujumchilardan biri, angliyalik Markus Reshfordning “Barselona”ga o‘tishi haqidagi xabarlar Yevropa matbuoti diqqat markazida. Bu haqda birinchilardan bo‘lib “Marca” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli futbolchi shanba kuni Ispaniyaga uchib ketgan va “Barselona” rahbarlari bilan muzokaralar olib borgan. Uning transferi 30 million yevroga baholanmoqda. Ayni paytda shartnomaning so‘nggi jihatlari kelishilmoqda.

Bu vaziyatga birinchi bo‘lib munosabat bildirganlardan biri “Monako” klubi yarim himoyachisi va “MYU”ning sobiq a’zosi Pol Pogba bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, “Yunayted” bu harakati bilan katta xatoga yo‘l qo‘ydi.

“Bu jinnilik. Lekin shunga qaramasdan, men Reshford uchun xursandman. Uning 'Barselona'dek katta klubga o‘tishi — o‘zini qayta ko‘rsatishga ajoyib imkoniyat”, — dedi Pogba.

Pogba, shuningdek, “Manchester Yunayted”ning ayni paytda yangi o‘yinchilarni sotib olayotganini, ammo natija ham talab qilinishini urg‘ulab o‘tdi: “Bu jamoa g‘alaba qozonishi shart. Agar murabbiy natija bermasa, ishdan bo‘shashi muqarrar.”

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford 2024/25 mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa” safida o‘tkazgan edi. U yerda u 17 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbol muxlislari orasida esa bu transfer haqida fikrlar ikkiga bo‘lingan. Ayrimlar “Barsa”ning bu xarakati yaxshi investitsiya deya baholashsa, boshqalar “Yunayted”ning yana bir yolg‘on qaror qabul qilganini ta’kidlashmoqda.

Shubhasiz, Reshfordning “Kamp Nou”dagi kelajagi muxlislar uchun qiziq. U “Barselona”da o‘z o‘rnini topa oladimi? Uning sobiq jamoasi esa o‘rnini to‘ldira oladimi?

Javoblar esa mavsum boshlanishi bilan aniqlashadi. Ammo bir narsa ravshan: “Yunayted” o‘z tarbiyalanuvchisini yo‘qotdi, “Barselona” esa yangi “kuch” qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pogba: Reshfordning ketishi — “Manchester Yunayted” uchun omadsizlik