date

Kamavinga “Real”ni tark etadimi? “PSJ” jiddiy xarakatda

Kamavinga “Real”ni tark etadimi? “PSJ” jiddiy xarakatda
Yevropa futbolida yana yangi va katta transfer voqealari muhokama markazida. Bu safar gap – "Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrikening “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga bo‘lgan qiziqishi haqida ketmoqda. Enrike futbolchi bilan shaxsan qiziqmoqda, deb xabar berdi Transfer News Live va Defensa Central.

Ma’lumotlarga qaraganda, fransiyalik 22 yoshli iqtidor egasiga parijliklar tomonidan jiddiy e’tibor qaratilayapti. Enrike o‘z taktik rejalarida Kamavingani markaziy figuralardan biri sifatida ko‘radi. Uning jismoniy tayyorgarligi, texnik salohiyati va yosh bo‘lishi murabbiyni o‘ziga jalb qilgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, Madrid klubi rahbarlari ham Kamavinga bo‘yicha o‘ylanishga majbur. Sababi – uning so‘nggi mavsumlarda jarohatlarga tez-tez uchrayotgani. “Real”da bu xavotir bilan qarshi olinayotgan holat va futbolchining transfer qiymati tushib ketmasidan oldin uni sotish varianti ham ko‘rib chiqilayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kamavinganing amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha kuchda bo‘ladi. Ammo murabbiy va futbolchi o‘rtasida aloqalar kuchayib borayotgan bir paytda, kelajakda to‘satdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuv ehtimoli yuqori.

Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholayapti. Agar “PSJ” ushbu summaga yaqin taklif bilan chiqsa, “Real” rahbariyatining pozitsiyasi o‘zgarishi mumkin.

Shuningdek, Kamavinga "Real" safidagi faoliyati davomida ko‘plab muxlislar qalbini qozongan bo‘lsa-da, uning asosiy tarkibdagi roli ba’zan o‘zgarib turadi. Bu esa uning kelajagini boshqa top-klubda davom ettirishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Luis Enrike bu transfer orqali o‘z jamoasini yanada kuchaytirish, Yevropa futbolida yana yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan. Kamavinga kabi o‘yinchi esa bu maqsadda muhim figura bo‘lishi mumkin.

Endi esa barcha ko‘zlar ikki grand klub o‘rtasidagi muzokaralarga qaratilgan. Yozda transferlar bozori yana qaynoq bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamavinga “Real”ni tark etadimi? “PSJ” jiddiy xarakatda