Portugaliyada Yevropa rekordini yangilaydigan stadion rejalashtirilmoqda

Portugaliyaning "Benfika" klubi Yevropadagi eng yirik stadionga ega bo‘lishi mumkin, deb The Sun xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyatining ayrim a’zolari 120 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi futbol arenasi qurilishini taklif qilmoqda. Hozirda "Benfika" menejerlari jamoaning hozirgi "Estadio da Lush" stadionida o‘rinlarni ko‘paytirish yo‘llarini ham o‘rganmoqda.
"Benfika" allaqachon dunyodagi mashhur "Populous" arxitektura byurosi bilan maslahatlashuvlarni boshladi. Ushbu byuro "Tottenxem" stadionini rekonstruksiya qilishda ham ishtirok etgan.
Hozirda "Benfika"ning asosiy stadioni — "Estadio da Lush" — 68 ming muxlisni qabul qila oladi. Yevropa qit’asidagi eng katta futbol arenasi hozirda "Barselona" jamoasining "Kamp Nou" stadioni bo‘lib, u 99 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Benfika" allaqachon dunyodagi mashhur "Populous" arxitektura byurosi bilan maslahatlashuvlarni boshladi. Ushbu byuro "Tottenxem" stadionini rekonstruksiya qilishda ham ishtirok etgan.
Hozirda "Benfika"ning asosiy stadioni — "Estadio da Lush" — 68 ming muxlisni qabul qila oladi. Yevropa qit’asidagi eng katta futbol arenasi hozirda "Barselona" jamoasining "Kamp Nou" stadioni bo‘lib, u 99 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…