date

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi (video)
“Mirabror Usmanov Cup-2025” turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Dastlab, uchrashuvning 8-daqiqasida Samandar Mavlonqulov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Jaxongir O‘rozov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasi o‘tib borayotganda Nodir Abdurazzoqov gol urib, hisobni yiriklashtirdi (3:0). Uchinchi goldan 10 daqiqa o‘tib, 58-daqiqada Murad Kudri jamoasining ilk golini urib, hisobni qisqartirdi (3:1).

Mirabror Usmonov Kubogi-2025

O‘zbekiston U-23 – Saudiya Arabistoni U-23 3:1
Gollar
: Samandar Mavlonqulov (Mahmud Mahamadjonov) 9, 1:0, Jahongir O‘rozov 11, 2:0, Nodir Abdurazzoqov (Aziz Xolmurodov) 48, 3:0, Murad Hudri 58, 3:1

O‘zbekiston: 1.Otabek Boymurodov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Aziz Xolmurodov ( 13. Asilbek Jumayev,56), 9.Sherzod Esanov, 10.Behruz Asqarov ( 18. Sardorbek Bahromov,70), 11.Zafarmurod Abdiraxmatov ( 2. Izzatillo Po‘latov,56), 15.Diyor Ortiqboyev, 16.Samandar Mavlonqulov (19. Nosir Abdusalomov,70), 17.Nodir Abdurazzoqov (14. Oybek O‘rmonjonov, 89), 20.Mahmud Mahamadjonov ( 8. Saidafzalxon Axrorov, 89), 22.Otabek Ahadov.
Zaxira: 21. Edem Nemanov, 12. Samandar Muratbayev, 3. Xondamir Mustafoqulov, 4. Dilshod Abdullayev, 23. Rustam Turdimurodov, 24. Muhammadali Reimov, 5. Ravshan Xayrullayev.

Saudiya Arabistoni: 22. Muhannad Al Yahyo, 3. Muhammed Al Dosari, 5. Halid Al Asiri (,26. Abdulrahman Al Obaid,78) 13. Sulayman Hazazi, 14. Abbas Al Hassan (23. Bader Al Omair,60), 15. Faisal Al Subiani, 17. Abdulkarim Darisi, 18. Ayman Fallatah, 19. Majed Abdullah ( 20. Faisal Abdulvahid, 60), 25. Mubarak Al Rajeh (12. Abdullah Al Rashidi,87) 29. Murad Hudri.
Zaxira: 21. Ammar Al Ammar, 8. Faisal Al Asmari, 11. Furaj Al Jayzani.

Ogohlantirishlar: Behruz Asqarov (O‘zbekiston) 33, Mubarak Al Rajeh (Saudiya Arabistoni) 58, Muhammed Al Dosari (Saudiya Arabistoni) 75, Sherzod Esanov (O‘zbekiston) , Izzatillo Po‘latov (O‘zbekiston) 90.

Ma’lumot o‘rnida, hamyurtlarimiz navbatdagi uchrashuvini Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuvlar 25 va 28 iyul kunlari soat 20:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Foto: Championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi (video)