Kataloniyaning mashhur “Barselona” klubi 27 iyul kuniga rejalashtirilgan Osiyo turnesi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini yakunlaydi, deb xabar berdi mundodeportivo.com.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa Janubiy Koreyaning “Seul” va “Tegu” klublari bilan o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushishi belgilangan. Turne doirasida, avvalroq Yaponiyaning “Vassel Kobe” jamoasiga qarshi ham kuch sinashish rejalashtirilgan edi. Ammo moliyaviy shartlar borasida kelishuvga erishilmagani tufayli, kataloniyaliklar ushbu o‘yindan voz kechdi.
Yangi mavsum ostonasida Xans-Diter Flik jamoa salohiyatini yuqori darajada saqlab qolish uchun 35 nafar futbolchi orasidan eng munosib va tajribali o‘yinchilarni tanlab olishi zarur.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, murabbiy ko‘proq tajribasi katta bo‘lgan futbolchilarga tayanishni maqsad qilgan va asosiy tarkibga kirishni orzu qilgan yoshlardan Landri Farre, Xofre Torrents, Toni Fernandes, Pedro Fernandes hamda Dani Rodriges kabi iqtidorlar uchun ham imkoniyat eshigi ochiq qolmoqda.
MundoDeportivo nashri ma’lumotlariga qaraganda, Flik murabbiylar shtabi yangi mavsumda jamoaning asosiy a’zolari — Inyaki Penya, Oriol Romeu, Andreas Kristensen va Pau Viktor bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, jarohatdan tuzalib qayta safga qo‘shilgan yosh iqtidorli futbolchi Mark Bernalning ham “Barselona”dagi kelajagi hali noma’lumligicha qolmoqda.
Kataloniya klubi oldida yangi mavsum uchun jiddiy tanlov va toza raqobat davri boshlanmoqda. Asosiy tarkib uchun kurash kuchaysa, ba’zi futbolchilar uchun esa “Barsa” safida qolish yoki ketish masalasi o‘ta muhim qarorga aylanishi turgan gap.
Flik tarkibni tozalayapti: yoshlar va tajriba to‘qnashuvi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar