Madridning nufuzli “Real” klubi 2026 yilda yosh va iqtidorli braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni sotib yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Defensa Central.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “qaymoqranglilar” hujumchi bilan 2027 yilning iyunida yakunlanadigan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisholmayapti. Manbalarga ko‘ra, Vinisius o‘z maoshini Kilian Mbappe olayotgan daromad darajasigacha oshirishni talab qilmoqda. Biroq klub rahbariyati bu kabi shartlarni qabul qilishga tayyor emas. Agar muzokaralar ijobiy natija bermasa, “Qirollik klubi” futbolchini 2026 yilgacha sotishga harakat qiladi.
Qayd etish joiz, 2025 yil yozida o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Vinisius oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va bir marta assistentlik qilgan.
Hozirda madridliklar uchun hujumchi kelajagi muhim savollardan biriga aylandi. Muxlislar esa klubning transfer siyosati va muzokaralar natijalarini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etmoqda.
Vinisius Juniorning “Real”dagi kelajagi so‘roq ostida: transfer xavfi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar