
Saudiya Arabistonining yetakchi klublaridan biri sanalmish “An-Nasr” jamoasi yozgi transferlar bozorida faol harakat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted” futbolchisi Antonini safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Fransiyaning Foot Mercato nashri tarqatgan ma’lumotga qaraganda, “An-Nasr” Antonining transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishga ulgurdi. Ammo ushbu kelishuv uchun aniq qancha to‘lov taklif etilgani hozircha oshkor qilinmagan.
25 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Antoni “Transfermarkt” portali bahosiga ko‘ra 35 million yevroga teng hisoblanadi. U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Ispaniyaning “Betis” klubida ijara asosida to‘p surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda “An-Nasr” rahbariyati Krishtianu Ronalduga jamoa chempionlik uchun jiddiy kurash olib borishiga va tarkibni mustahkamlash uchun kerakli choralar ko‘rilishiga va’da bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa klub o‘z so‘zida turib, yangi yulduzlarni jalb qilishga bel bog‘lagan ko‘rinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!