date

“Manchester Siti” Palmer uchun rekord pul tayyorlamoqda

“Manchester Siti” Palmer uchun rekord pul tayyorlamoqda
“Manchester Siti” rahbariyati o‘zining sobiq yarim himoyachisi Koul Palmerni jamoaga qaytarish uchun tarixdagi eng yirik transferlardan birini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi fichajes.net. Klub katta ehtimol bilan Palmer uchun 300 million yevroga yaqin miqdorda (250 million funt sterling) pul taklif etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumki, bir necha yil avval “shaharliklar” Palmerni 45 million funt evaziga Londonning “Chelsi” jamoasiga sotgan edi. Ortiqcha shov-shuvsiz ketgan futbolchi so‘nggi mavsumlarda “aristokratlar” tarkibida yorqin o‘yini va samarali harakatlari bilan ajralib turdi. Palmer “Chelsi” safida muhim shaxsga aylanib, jamoa uchun 18 ta gol va 14 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan. Uning faoliyatini yuqori baholagan Transfermarkt portali hozirda uning bozor qiymatini 120 million yevro deb belgilagan.

Manbalar ma’lumotiga qaraganda, “Manchester Siti” avval boshda 170 million funtlik taklif bilan chiqqan, ammo bu taklif “Chelsi” tomonidan rad etilgan. London klubi esa Palmer uchun 250 million funt sterling, ya’ni taxminan 297 million yevro talab qilmoqda. Agar bu bitim amalga oshsa, u futbol tarixidagi eng yirik transferlar qatoriga kiradi.

Ko‘pchilikning e’tiborini tortgan yana bir jihat — “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Palmerni jamoaga qaytarishga bo‘lgan alohida istagi. Murabbiyning ta’kidlashicha, Palmer bugungi tarkibni yanada kuchaytirishga qodir va kelajakda klub uchun muhim figuraga aylanishi mumkin.

Shunday qilib, London klubi hozircha futbolchi uchun maksimal foyda olishga intilmoqda. “Manchester Siti” esa sobiq futbolchisini ortga qaytarish uchun rekord mablag‘ ajratishga tayyorligini aniq ko‘rsatmoqda. Bu transfer yozgi bozordagi eng katta intrigalardan biri bo‘lib qolmoqda va muxlislar Palmerning taqdiri qanday hal bo‘lishini qiziqish bilan kuzatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” Palmer uchun rekord pul tayyorlamoqda