
Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik bokschi Misha Aloyanning Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi kumush medalidan mahrum qildi.
Halqaro olimpiya qo‘mitasi (HOQ) 52 kg.gacha vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Aloyanni 21 avgustda doping nazoratida qonidan taqiqlangan modda topilganidan so‘ng ishni ko‘rib chiqishga kirishgandi.
Arbitraj sudi ma’lumotga ko‘ra, uning qonidan taqiqlangan tuaminogeptan moddasi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Aloyan Rio-2016 finalida o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirovga qarshi kechgan jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan va kumush medal bilan cheklanishga majbur bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar