Kataloniyaning mashhur “Barselona” klubi yozgi transferlar oynasida o‘z tarkibidagi muhim futbolchilar kelajagi bo‘yicha aniq qaror qabul qildi, deb xabar berdi mundodeportivo.com. Klub rahbariyati yarim himoyachi Frenki de Yong, himoyachilar Erik Garsiya va Jyul Kunde bilan yangi shartnoma tuzish maqsadida muzokaralarni boshlab yubordi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur uch futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunda o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sabab, “Barselona” mutasaddilari ularni erkin agent sifatida yo‘qotmaslik uchun barvaqt yangi bitimga ko‘ndirish yoki zarur holda shu yozda sotish imkonini ko‘rib chiqmoqda.
Fransiya terma jamoasi a’zosi Jyul Kunde klubning yangi shartlarini qabul qilgan va keyingi mavsumlarda ham “Barsa” sharafini himoya qilishga tayyor ekani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, rahbariyat niderlandiyalik mahoratli yarim himoyachi Frenki de Yong bilan hamkorlikni kamida yana uch yilga uzaytirish niyatida.
Ekspertlar fikricha, himoyachi Erik Garsiya ham jamoada qolishga moyil va uning kelajagi tez orada aniq bo‘ladi. Klub bu futbolchilarning har birini saqlab qolishga katta ahamiyat qaratayotgani, kelgusi mavsumda asosiy kuch sifatida ko‘rayotgani ta’kidlanmoqda.
"Barselona" o‘z futbolchilariga ishonch bildirib, tarkib barqarorligini ta’minlash va yangi mavsumda muvaffaqiyatli start olishga harakat qilmoqda. Muxlislar esa jamoaning katta maqsadlar sari yo‘nalgan rejalari qanday samara berajagini qiziqish bilan kutmoqda.
"Barselona" kelajagini belgilamoqda: De Yong, Garsiya va Kunde haqida muhim qaror
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar