Amerikaning mashhur “Inter Mayami” klubi va Lionel Messi o‘rtasidagi hamkorlik haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Marca nashri. Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil yozida PSJdan AQSHga yo‘l olgan va jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylangan argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
Ayni paytda klub va Messi o‘rtasida uzoq muddatli yangi shartnoma to‘g‘risida muzokaralar qizg‘in kechmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, “Inter Mayami” rahbariyati 38 yoshli futbolchini 2028 yil oxirigacha jamoa safida ko‘rish niyatida. E’tiborli jihati, agar Messi 41 yoshdan keyin ham maydonda qolishga qaror qilsa, kelishuv muddatini yanada uzaytirish imkoni bor.
Klub rahbarlari Messining barcha istaklariga hurmat bilan yondashmoqda — u o‘zining jismoniy kuchi va motivatsiyasi bor ekan, jamoada qolishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida, argentinalik yulduz ushbu shartnomani istalgan paytda bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Eng muhim yangiliklardan biri shundaki, “Inter Mayami” egalari Messining futbolchilik faoliyati tugaganidan so‘ng ham klubda boshqaruv tizimida faoliyat olib borishini kutyapti. Ya’ni, u klub aksiyalariga egalik qilish va rahbariyatda muayyan lavozimni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Messining “Inter Mayami” safidagi statistikasi ham muxlislar uchun katta qiymatga ega — u kelganidan beri barcha turnirlarda 69 ta o‘yinda maydonga tushib, 58 ta gol va 28 ta assist qayd etgan.
Yangi shartnoma muzokaralari va Messining kelajak rejalari nafaqat klub, balki jahon futboli ishqibozlari e’tiborida bo‘lib turibdi. Yangi mavsumda bu hamkorlik qanday rivojlanadi — barcha muxlislar katta qiziqish bilan kutmoqda.
"Inter Mayami" Messi uchun tarixiy beqiyos shartnoma taklif qilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar