
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu barcha daromadlari borasida ma’lumotlarni oshkor qildi.
Unga ko‘ra Ronaldu 2015 yilda umumiy jihatdan 203 million evro ishlab topgani ma’lum bo‘lgan. Hujjatlarga ko‘ra hujumchi soliq bo‘yicha majburiyatlaridan yaxshi xabardor va ularni to‘lig‘icha, vijdonan bajarib kelayotgani ta’kidlangan.
Avvalroq, Spiegel nashri Ronaldu agenti Mendesh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo‘yicha 150 mln evroni yashirganligini xabar qilgan edi. Biroz o‘tib, Mendeshning kompaniyasi Ronaldu barcha soliq majburiyatlarini bajarganligi to‘g‘risida ariza bilan chiqgan.
Futboldagi noqonuniy pul aylanmalariga qarshi kurashuvchi Football Leaks guruhi, yaqin uch hafta ichida ushbu mavzuga oid shov-shuvli ma’lumotlar taqdim etishni va’da qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar