Angliya chempionatida eng kuchli va yirik jamoalardan biri sanaladigan “Manchester Siti” jamoasi o‘z safini yanada mustahkamlash niyatida. Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola katta rejalar ila yozgi transfer bozorida faol harakat qilmoqda. Uning diqqat markazida esa yana bir bor “Vest Hem” jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi Lukas Paketa paydo bo‘ldi.
Braziliya futboli vakili hisoblangan 27 yoshli futbolchi yana “Siti” rahbariyatining transfer ro‘yxatiga kiritilgani haqida "Globo Esporte" nashri xabar tarqatdi. Manbalarga ko‘ra, Paketaga nisbatan pul tikish bo‘yicha ilgari qo‘yilgan ayblovlar rasman bekor qilinganidan so‘ng, “shaharliklar” bu futbolchining nomzodiga yana jiddiy e’tibor qarata boshlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Siti” rahbariyati braziliyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shish maqsadida “Vest Hem” jamoasiga taxminan 68 million yevro miqdorida mablag‘ taklif etishni rejalashtirmoqda. Bu esa uning bozordagi narxiga va so‘nggi yillarda ko‘rsatgan o‘yiniga mos keladigan raqamdir.
Eslatib o‘tamiz, “Siti” jamoasi avval ham Lukas Paketaga qiziqish bildirgandi. Biroq o‘sha paytda futbolchiga nisbatan o‘yinlarda pul tikishda ishtirok etganligi haqida jiddiy gumonlar paydo bo‘lgan va shu boisdan transfer muzokaralari to‘xtatilgan edi. Hozir esa vaziyat o‘zgargan.
Lukas Paketa 2024/2025 yilgi mavsumda “Vest Hem” safida juda faol ishtirok etdi. U London jamoasi tarkibida maydonga 36 marta tushib, 5 ta muhim gol muallifi bo‘ldi. Uning harakatchanligi, texnik mahorati va hujumdagi kreativ yondashuvi uni Yevropa futbolidagi eng kutilgan transfer nomzodlaridan biriga aylantirdi.
Pep Gvardiola esa o‘z o‘yin uslubida yarim himoyadagi nazoratni yanada kuchaytirishni istaydi. Uning fikricha, Paketa kabi futbolchilar to‘pni boshqarishda, paslar tarqatishda va raqib hujumiga qarshi bosim o‘tkazishda juda katta rol o‘ynaydi. Shu bois “Siti”ning unga bo‘lgan qiziqishi mutlaqo tasodifiy emas.
Payti kelib, Paketa “Etixad” stadionida to‘p surishi mumkinligi muxlislar uchun ham kutilgan yangilik bo‘ladi. Bu transfer amalga oshsa, “Manchester Siti” yanada kuchi ortgan, taktik jihatdan mukammal va katta maqsadlarga erishishga tayyor jamoaga aylanadi.
Futbol olamidagi voqealar tez o‘zgarmoqda va Paketaning kelajagi ham yaqin kunlarda aniqlik kasb etishi mumkin. Barchasi muzokaralarga va klublar o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq. Ammo bir narsa aniq — Gvardiola uni xohlayapti. Va bu narsa kamdan-kam hollarda zo‘r natija bermasligi mumkin.
Gvardiola orzusi yana jonlandi — Paketa transferi qayta muhokamada...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar