date

Amorim klub xo‘jayini bilan bo‘lgan shaxsiy aloqalari haqida gapirdi

Amorim klub xo‘jayini bilan bo‘lgan shaxsiy aloqalari haqida gapirdi

"Manchester Yunayted" jamoasining bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning mulkdori Jim Retkliff bilan bo‘lgan shaxsiy aloqalari haqida atroflicha fikr bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, o‘zaro ishonch va yumorga boy muloqot ikki tarafning munosabatlarini yanada mustahkamlamoqda.

"Biz tez-tez telefon orqali gaplashamiz, u menga xabarlar yuboradi, gohida turli giflar ham jo‘natadi. Men ham unga hazilli javoblar berishim mumkin. Jim bilan hamkorlik qilish haqiqatan ham oson kechmoqda. Agar sen o‘z vazifangni aniq tushunsang va qabul qilgan qarorlaringni asosli tushuntira olsang, barcha narsa o‘z yo‘li bilan borishi turgan gap", — dedi Amorim BBC nashriga bergan suhbatida.

Shuningdek, murabbiy klub iyerarxiyasidagi o‘z o‘rnini aniq anglaganini ham qayd etdi: "Men Jimning klub egasi ekanligini yaxshi tushunaman va o‘z mavqeimni ham bilib turibman. Biroq, aytishim kerak bo‘lgan gap bo‘lsa, uni yashirmayman, ochiqchasiga gapiraman. Menimcha, Jim bunday samimiylikni, xolis fikrlarni juda qadrlaydi".

Ushbu samimiy munosabat "Manchester Yunayted"dagi ichki muhitni yanada iliq va ishonchli qilishga yordam bermoqda. Amorimning bu kabi ochiq muloqotga bo‘lgan munosabati jamoa ichida ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-Ligasining yangi mavsumi 1-turida "qizil iblislar" o‘z maydonlarida katta intrigaga boy bellashuv — "Arsenal" jamoasiga qarshi o‘yinni qabul qiladilar. Bu kutilgan to‘qnashuv 17 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Muxlislar uchun ushbu o‘yin nafaqat mavsum boshidagi muhim sinov, balki murabbiy va rahbariyat o‘rtasidagi ishonchli hamkorlikning ilk sinovi sifatida ham baholanishi mumkin. "Yunayted"ni muxlislarini katta umid va ehtiyojlar kutmoqda — jamoaning yangi davri boshlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amorim klub xo‘jayini bilan bo‘lgan shaxsiy aloqalari haqida gapirdi