Angliyaning mashhur “Liverpul” klubi hujumchisi Darvin Nunes Saudiya Arabistonining yetakchi jamoalaridan biri — “Al-Hilol” klubining taklifiga rozilik bildirdi, deb xabar bermoqda sport jurnalisti Rudi Galetti.
Manbalarga ko‘ra, 26 yoshli urugvaylik futbolchi Saudiya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Endi “Al-Hilol” tomoni “Liverpul” klubi bilan rasmiy transfer uchun muzokara olib bormoqda.
Ayni paytda, “mersisaydliklar” Nunesni qo‘yib yuborish uchun kamida 70 million yevroga teng taklifni kutmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Nunes Saudiya Pro-ligasining navbatdagi yulduziga aylanishi mumkin.
Darvin Nunes 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu o‘yinlarda 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!