date

Ronaldu xet-trik qayd etdi, “An-Nasr” katta hisobda g‘alaba qozondi

Ronaldu xet-trik qayd etdi, “An-Nasr” katta hisobda g‘alaba qozondi

Yangi mavsum uchun puxta tayyorgarlik olib borayotgan Saudiyaning mashhur “An-Nasr” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Portugaliya klubi — “Riu Ave”ga qarshi o‘tkazdi.

Tayyorgarlik rejasi doirasida tashkil etilgan ushbu bellashuv bir necha daqiqa oldin o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv yakunida “An-Nasr” to‘liq ustunlik namoyon etgan holda raqib darvozasiga to‘rt marta yo‘l topib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvning dastlabki qismidayoq saudiyaliklar faol harakatlari bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi. Oydinlashib qolgan vaziyatda Simakan 15-daqiqada to‘pni darvozaga joylab, hisobni ochdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroq kechaning eng yorqin qahramoni shubhasiz Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Afsonaviy portugaliyalik hujumchi o‘z salohiyatini yana bir bor amalda isbotlab berdi. U 44, 63 va 68-daqiqalarda kerakli paytlarda maydon markazida o‘zining pozitsion harakatlari orqali raqibni jarima maydonida tutib, barcha imkoniyatlardan unumli foydalandi va uch bor to‘p kiritib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

Ushbu g‘alaba “An-Nasr”ning mavsum oldidan yuqori sport formasini saqlayotganini va asosiy tarkib futbolchilari yaxshi ruhiy kayfiyatda ekanini ko‘rsatdi.

Keyingisi – “Al-Ittihod”ga qarshi muhim to‘qnashuv

Ta’kidlash joizki, “An-Nasr” jamoasi o‘zining navbatdagi o‘yinini 19 avgust kuni boshqa kuchli raqib — “Al-Ittihod”ga qarshi o‘tkazishi belgilangan. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Har ikki jamoa o‘rtasidagi raqobat so‘nggi yillarda ancha qizg‘in tus olgani uchun bu uchrashuv ham muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda. Ayniqsa, Ronalduning hozirgi sport formasi ushbu uchrashuvga yanada intriga bag‘ishlamoqda.

Yangi mavsum oldidan “An-Nasr” kabi grand jamoalarning har bir qadami diqqat bilan kuzatilayapti. Krishtianu Ronaldu esa bu mavsum ham jamoasi uchun hal qiluvchi figuralardan biriga aylanishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu xet-trik qayd etdi, “An-Nasr” katta hisobda g‘alaba qozondi