“Manchester Siti” yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan barcha muxlislar diqqat markazida turibdi. Yil boshidan beri tarkibda qator katta o‘zgarishlar amalga oshirgan Xosep Gvardiola bosh murabbiy sifatida jamoani yana sovrinlar uchun kurash olib boradigan darajaga qaytarish niyatida.
Aslida, ispaniyalik tajribali mutaxassis va uning ishonchli murabbiylar shtabi so‘nggi oylarda jamoaning asosiy o‘zagini aniqlab bo‘ldi. Hozirda qaysi futbolchilarga suyanish, qay biri kelgusida asosiy rol o‘ynashi, qay biri esa ehtimol tarkibni tark etishi mumkinligi rejalashtirib olingan. Sport direktori Ugo Viana esa transfer masalalarida faol ish olib boryapti: ortiqcha deb hisoblangan futbolchilarni sotish, yosh va iqtidorlilar uchun esa ijara imkoniyatlarini yaratish orqali ularning rivojlanishiga yo‘l ochishda.
Nufuzli manbalardan biri — lentedesportiva.com sayti eksperti Oliver Obel esa jamoa futbolchilarining 2025 yil davomida olayotgan maoshlari haqida qiziqarli ma’lumot e’lon qildi. Bu ro‘yxat klubdagi moliyaviy tartib va iyerarxiyani yaxshi ko‘rsatib beradi.
“Manchester Siti”da maosh siyosati klubning moliyaviy qudrati va uzoq muddatli strategiyasiga tayanadi. Albatta, Erling Xoland ulkan maosh bilan jadvalning eng yuqori qismida turibdi. Biroq tarkibda shunday yosh va umidli yulduzlar ham borki, ular hozircha kamroq haq olishsa-da, o‘z reytingini oshirish va katta shartnomalarga erishish uchun tinmay mehnat qilishmoqda.
Quyida sizga 2025 yildagi “Manchester Siti” futbolchilarining haftalik maoshlari bo‘yicha ro‘yxatini eng kamidan eng yuqorigacha taqdim etamiz:
28 – Josh Uilson-Esbrand (£7,000) – Klubning eng kam haq oluvchi o‘yinchisi. 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega. Asosiy tarkibdan joy olish uchun hali ko‘p mehnat qilishi shart.
27 – Jeyms MakEyti (£15,000) – Akademiya tarbiyalanuvchisi, yuqori texnik mahorati bilan ajralib turadi. Shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi, uzaytirilganda maoshi ham oshishi kutilmoqda.
26 – Klaudio Echeverri (£15,000) – Argentinalik 19 yoshli hujumkor o‘yinchi, ulkan salohiyat egasi. Shartnoma 2028 yil yarmigacha.
25 – Abduqodir Husainov (£20,000) – Jismonan baquvvat o‘zbek himoyachisi. 2029 yil yozigacha shartnoma imzolangan, bu klub uning katta istiqbolini ko‘rganini anglatadi.
24 – Riko Lyuis (£25,000) – Akademiyaning eng iqtidorlilaridan biri. Maoshi yaqin vaqt ichida oshishi kutilmoqda.
23 – Vitor Reys (£40,000) – 2029 yil yozigacha shartnoma tuzgan yosh braziliyalik himoyachi.
22 – Savio (£40,000) – Texnikasi yuqori, tezkor hujumchi. Yaqin yillarda asosiy hujum chizig‘ining yetakchisiga aylanishi mumkin.
21 – Jeremi Doku (£50,000) – Asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay, nisbatan kam maosh oladi. Zudlik va dribling ustasi.
20 – Oskar Bobb (£50,000) – Ijodkor, to‘pni ustalik bilan boshqaradigan o‘yinchi. Hali to‘rt yillik shartnoma davom etadi.
19 – Niko Gonsales (£60,000) – O‘ziga ishonchi baland yarim himoyachi. Shartnoma 2029 yil yozigacha.
18 – Shtefan Ortega Moreno (£90,000) – Ishonchli darvozabon, asosan kubok bahslarida maydonga tushadi.
17 – Ederson (£100,000) – Asosiy darvozabon, jamoaning so‘nggi qalqoni. Shartnoma kelasi yil yozida tugaydi.
16 – Mateus Nunyes (£130,000) – Har qanday taktik uslubga moslasha oladigan universal o‘yinchi.
15 – Mateo Kovachich (£150,000) – Chempionlar ligasida tajriba to‘plagan, rotatsiyaning muhim qismi.
14 – Kalvin Fillips (£150,000) – Maydonda kam ko‘rinish bersa-da, maoshi katta.
13 – Natan Ake (£160,000) – Aqlli va ko‘p vazifani bajara oladigan himoyachi.
12 – Manuel Akanji (£180,000) – Gvardiola tizimiga juda mos kelgan asosiy himoyachilardan biri.
11 – Ruben Diash (£180,000) – Himoyada yetakchi, jamoa ustuni.
10 – Yoshko Gvardiol (£200,000) – Kelajakdagi asosiy himoya ustuni.
9 – Rodri (£220,000) – O‘yin tempini nazorat qiluvchi markaziy ustun.
8 – Fil Foden (£225,000) – Klub tarbiyalanuvchisi, muxlislarning sevimlisi.
7 – Ilkay Gyundogan (£230,000) – Muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oladigan tajribali o‘yinchi.
6 – Tijani Reynders (£230,000) – Yaqin kelajakda markazda yetakchi bo‘lishi kutilmoqda.
5 – Jon Stouns (£250,000) – Himoyada ham, yarim himoyada ham o‘ynay oladigan muhim figura.
4 – Umar Marmush (£295,000) – Qishda kelgan yangi hujumchi, juda tezkor va nostandart uslubda.
3 – Bernardu Silva (£300,000) – Markazda ham, qanotda ham o‘ynay oladigan universal futbolchi.
2 – Jek Grilish (£300,000) – To‘pni nazorat qilish va hujum ritmini ushlash ustasi.
1 – Erling Xoland (£525,000) – Klub tarixidagi eng katta maosh sohibi. Shartnoma 2034 yil yarmigacha, ko‘p millionli bonuslar bilan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!