date

“Real”da raqamlar talashi Mbappe foydasiga hal etildi

“Real”da raqamlar talashi Mbappe foydasiga hal etildi

Madridning mashhur “Real” klubida so‘nggi haftalarda futbolchilarning maydondagi raqamlari borasida kutilmagan holda kelishmovchiliklar kelib chiqqan edi. Bu bahs avvalo jamoani tark etgan Xorvatiya afsonasi Luka Modrichning ko‘p yillar davomida yelkasida yozilib kelgan 10-raqami taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Klub rahbariyatining qaroriga ko‘ra, mazkur tarixiy raqam jamoaning yangi yulduzi Kilian Mbappega topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda fransiyalik hujumchi 9-raqam ostida harakat qilgandi. Bu raqam esa yangi mavsumda asosiy jamoaga ko‘tarilgan, klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi, yosh iqtidor egasi Gonsalo Garsiya Torresga berilishi rejalashtirilgan edi. Biroq ushbu qaror braziliyalik yosh legioner Endrik tomonidan yaxshi qabul qilinmadi va uning ochiqcha noroziligiga sabab bo‘ldi.

Natijada klub ichidagi kichik “raqamlar bahsi” nihoyasiga yetdi. Yakuniy kelishuvga ko‘ra, Mbappe yangi mavsumda rasman 10-raqam ostida to‘p surishni davom ettiradi. 19 yoshli Endrik esa yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tmasligi ma’lum bo‘lgach, unga 9-raqam topshirildi.

Shu bilan birga, “qirollik klubi” bilan 2030 yil yozigacha shartnoma imzolagan 21 yoshli Gonsalo Garsiya Torres o‘z navbatida Endrikdan bo‘shagan 16-raqam ostida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu qaror nafaqat jamoa ichidagi raqobatni, balki ichki muhitdagi barqarorlikni ham ta’minlaydi, deb baholanmoqda.

Muxlislar uchun esa bu yangilik ikki jihatdan qiziqarli: bir tomondan, Mbappega 10-raqam topshirilishi uning klubdagi asosiy yulduz maqomini yanada mustahkamlasa, ikkinchi tomondan, yosh iqtidorlar – Endrik va Garsiya Torresning raqamlarini olishi ularning yangi mavsumda maydonda ko‘proq imkoniyat olishidan darak bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”da raqamlar talashi Mbappe foydasiga hal etildi