16:55 / 11.12.2016
6 095

Ronalduning yangi dugonasi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

Ronalduning yangi dugonasi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

«Real» jamoasining «Deportivo»ga qarshi o‘yini chog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya rejissyorlari VIP o‘rinlarni egallagan Krishtianu Ronaldu hamda uning dugonasi Jorjina Rodrigesni bir necha marotaba namoyish etdi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Madridliklar murabbiyi Zinedin Zidan Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati arafasida o‘zining asosiy hujumchisiga dam berishga qaror qildi. Bundan foydalangan Ronaldu uchrashuvni tomosha qilishga yangi dugonasi bilan birga keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ronaldu va Rodriges xonim bilan birgalikda uchrashuvni ko‘rishga futbolchining o‘g‘li hamda onasi Dolores Aveyro ham tashrif buyurgan edi.

Juftlik birinchi marta birgalikda jamoatchilik oldiga chiqmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning yangi dugonasi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi