Bugun futbol olamida katta qiziqish bilan kuzatilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Xosep Gvardiola rahbarligidagi Angliyaning mashhur klubi — “Manchester Siti” Italiyaning “Palermo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va raqibini yirik 0:3 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yin nafaqat natijasi bilan, balki hamyurtimiz Abduqodir Husanovning harakatlari bilan ham muxlislar xotirasidan o‘rin oldi.
Yosh va iqtidorli futbolchimiz bahsni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi. Ikkinchi taym avvalida u almashtirildi. Bir bo‘lim davomida ko‘rsatgan o‘yini va aniq statistikasi uning to‘psiz ham maydonda katta ish olib borganini ko‘rsatadi.
Asosiy ko‘rsatkichlar
— Maydonda bo‘lgan vaqt: 45 daqiqa
— Gollar: 0
— Golli uzatma: 0
— Aniq paslar: 42/44 (95%)
— Yaratilgan gol imkoniyatlari: 0
— Umumiy zarbalar: 0
Hujumdagi faollik
Husanov bir bo‘limda jami 50 marta to‘pga tegdi. Raqib jarima maydonida bir marta to‘pni qabul qildi va so‘nggi uchinchi zonaga ham bir marta uzatma yo‘lladi. Uzoq masofaga berilgan paslarda 1 ta aniq, 1 ta noaniq harakat qayd etildi (50%). E’tiborlisi, u o‘yin davomida birorta ham to‘pni yo‘qotmadi.
Himoyadagi ishonchli harakatlar
Uzoqlashtirishlar soni — 4 ta, shundan 2 tasi bosh bilan amalga oshirildi. Shuningdek, bir marta to‘pni ilib olish va 4 marta qayta egallash epizodida faol ishtirok etdi.
Kurashlar statistikasi
Yerdagi kurashlarda qatnashmadi (0/0), havodagi duellarda esa 2 marta harakat qilib, g‘alaba qozona olmadi. Unga qarshi va uning tomonidan qoidabuzarliklar umuman qayd etilmadi.
Garchi u gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da, 95 foizlik aniq pas ko‘rsatkichi, to‘p yo‘qotmaslik va himoyadagi ishonchli harakatlari Husanovning mustahkam o‘yinini namoyon qildi. Muxlislar uchun esa bu – hamyurtimizning jahonning eng kuchli klublaridan birida o‘z o‘rnini topa olishidan darak.
Abduqodir Husanov “Siti” safida mukammal o‘yin namoyish etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar