Tailand poytaxti Bangkok shahrida qizg‘in va shiddatli tarzda o‘tayotgan 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar hamda yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga kirib keldi. Bu marra, shubhasiz, har bir sportchi uchun eng mas’uliyatli va unutilmas palla hisoblanadi.
Bugundan boshlab ringda eng kuchlilar aniqlanadigan hal qiluvchi janglar start oldi. Musobaqaning ilk kuniyoq yoshlar (U-19) toifasidagi qizlar jamoalari Osiyo chempioni unvoni uchun qo‘llaridan kelgan barcha mahorati va jasoratini namoyish etishdi.
Hozirgina yurtimizning jasur va irodali qizlari ishtirokidagi final bahslari yakunlandi va natijalar muxlislar qalbini faxr tuyg‘ulari bilan to‘ldirdi.
— Avvalo, -48 kg vazndagi bahsda Maftuna Musurmonova mezbon mamlakat sportchisi Chiranan Dapphonhan bilan yuzma-yuz keldi. Jangda barcha kuchini ishga solganiga qaramay, ochkolar evaziga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
— -60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Sevara Mamatova haqiqiy ustalik va hujumkorlik namunasini ko‘rsatdi. Hindistonlik raqibi Vinini bir daqiqa ham o‘zini erkin his qilishga qo‘ymasdan, hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag‘lub etdi va oltin medalga ega chiqdi.
— -70 kg vazndagi hal qiluvchi jangda Rayhona Qurbonboyeva ko‘p tajribali Xitoy vakili Abudureyimu Alimirega qarshi maydonga chiqdi. Qat’iy kurashga qaramasdan, jang mezoniga ko‘ra 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan taqdirlandi.
— +80 kg vazn toifasidagi finalda Sobiraxon Shaxobiddinova o‘zining noyob tajribasi va irodasi bilan yana bir bor Osiyoda tengi yo‘qligini isbotladi. Hindistonlik Parchi Tokas ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, to‘rtinchi bor qit’a chempioni unvoniga ega bo‘ldi.
Bangkokdagi bu final kechasi ayollar boksimiz tarixida yana bir yorqin sahifa bo‘lib kirdi. Muxlislarimiz esa yurtimiz qizlari ringda yana ko‘p bora shunday shonli daqiqalarni ulug‘lashlariga ishonishadi.
Osiyo chempionati. Qizlarimiz Bangkok ringini titratdi...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar