Parijning mashhur klubi PSJ safidagi kelajagi ancha oydinlashgan Janluidji Donnarumma ehtimolan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Ishonchli manbalarning ta’kidlashicha, darvozabonning xizmatlariga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi skysport. Manchesterliklar PSJ tomonidan belgilangan 40 million yevroga teng transfer haqini to‘lashga tayyor ekani ma’lum qilingan. Shu bilan birga, “qizil iblislar” Donnarummani Angliya chempionatidagi eng yuqori maosh oladigan darvozabonlar qatoriga qo‘shish niyatida.
Avvalroq, PSJ rahbariyati Donnarumma bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelishuvga erisha olmagani uchun uni transferga qo‘yishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu kunlarda esa vaziyat yanada qiziq tus oldi — kecha o‘tkazilgan Yevropa Superkubogi bahsining ro‘yxatidan italiyalik darvozabon chiqarib yuborildi.
Bu holat futbol jamoatchiligi orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Donnarumma kabi yosh va iqtidorli darvozabonning katta sahnadagi kelgusi qadamlari muxlislar uchun qiziq jihatga aylandi. Agar u haqiqatan ham “Manchester Yunayted” safini to‘ldirsa, bu APLdagi darvozabonlar bozorida jiddiy voqea bo‘lishi shubhasiz.
Italiyalik posbonning 40 million yevroga baholanishi uning bozor qiymati va so‘nggi yillarda ko‘rsatayotgan yuqori darajadagi o‘yinidan dalolat beradi. Shu bilan birga, APL kabi yuqori raqobatli chempionatda Donnarumma o‘z mahorat va tajribasini yanada oshirishi mumkin.
“Manchester Yunayted” so‘nggi mavsumlarda darvozabon pozitsiyasida barqarorlik yo‘qotgani va bu jamoaning katta o‘yinlardagi natijasiga ta’sir qilgani sir emas. Shu jihatdan, Donnarummaning kelishi klub himoyasiga yangi kuch va ishonch bag‘ishlashi mumkin.
Agar kelishuv amalga oshsa, bu transfer APL yozgi oynasidagi eng ko‘zga ko‘ringan voqealardan biri sifatida tarixga kiradi.
"Manchester Yunayted" Donnarumma uchun rekord taklif tayyorlamoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar