«Real» va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgach o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«To‘rtinchi «Oltin to‘p»ni olish men uchun katta sharaf. Xuddi birinchi marta yutib olayotgandek ehtiroslarni his qilyapman. Orzum yana amalga oshdi. Bu sovrinni to‘rt marta olaman deb tasavvur ham qilolmaganman. Judayam mamnunman, baxtliman. Bu sovrinni yutib olishda menga yordam bergan jamoadoshlarimga, Portugaliya terma jamoasiga, «Real» klubiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta bunday chiroyli sovringa ega bo‘lganimdan baxtiyorman.
Men uchun shaxsiy sovrinlar ham, jamoaviy sovrinlar ham muhim. Har doimgidek eng yaxshi o‘yinimni namoyish etishda davom qilaman. Har bir yangi yil – men uchun yangi chaqiriq, yangi sinov va menga futbol o‘ynash yoqadi.
Birinchi navbatda «Real» bilan g‘alaba qozonishga harakat qilaman, chunki bu meni klubim. Shuningdek Portugaliya terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozonishni istayman, ammo bu juda qiyin. «Oltin to‘p»ni yutib olish oson emas va men bu sovrindan xursandman.
Men uchun ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman. «Real» va Portugaliya termasidagi jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Bu sovrin «Real» uchundir. Rahmat» - dedi Ronaldu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi