Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2016 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgach, o‘z muvaffaqiyatini keyingi yilda ham takrorlash niyatida ekani haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlari France Football jurnalida keltirilgan.
Ronalduga «Oltin to‘p» dushanba oqshomida topshirildi. Bu mukofot uchun jami 30 futbolchi da’vogarlik qilgandi. Ronaldu uchun bu to‘rtinchi «Oltin to‘p» hisoblanadi. Bungacha u 2008, 2013 va 2014 yillarda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan.
«To‘rtinchi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish men uchun katta sharaf. Orzuim yana amalga oshdi. Men hech qachon 4 marta bu sovrinni yutaman deb o‘ylamagandim. Men buning uchun jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Men juda baxtiyorman».
«Bu muvaffaqiyatimni keyingi yilda ham takrorlash uchun bor imkoniyatlarimni ishga solaman. Bu juda qiyin bo‘ladi.
2016 yil mening faoliyatimdagi eng yaxshi yil bo‘ldi. Portugaliya terma jamoasi bilan chempion bo‘lish - buni ifodalashga so‘z ojiz. Men «Real» bilan Chempionlar ligasida va terma jamoa bilan Evropa chempionatida g‘olib bo‘lganimni aslo yodimdan chiqarmayman», degan futbolchi.
Endilikda portugaliyalik futbolchi «Oltin to‘p» sovrinlari soni bo‘yicha «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messidan bitta farq bilan ortda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi