Italiyalik sportchi Matia Debertolis Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tayotgan XII Butunjahon o‘yinlari davomida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda BBC Sport xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 avgust kuni sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta masofadagi yugurish bahsida qatnashgan Debertolis kuchli issiq sababli hushidan ketgan.
Sportchiga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, u 12 avgust kuni vafot etgan.
Musobaqa tashkilotchilari hamda Xalqaro sportiv-yo‘nalish federatsiyasi marhum sportchining oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar