
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoaning Qatarga safari vaqtida afg‘onistonlik bolakay Murtazo Ahmadiy bilan uchrashdi.
Shu yil avvalida polietilen paketdan Messining futbolkasini yasab olgan Murtazoning suratlari internetda keng tarqalgandi.
BBC va Unicef yordami bilan bolakay topilgan va unga Messining dastxati tushirilgan futbolka sovg‘a qilingandi.
Bugun «Barselona» Qatarga keldi va argentinalik futbolchi yosh muxlisi bilan uchrashdi.
[media=https://youtu.be/huTOIJWoEBI]
Ahmadiy Messi bilan ko‘rishibgina qolmay, u bilan birga maydonga ham chiqadi.
Twitter’dagi sahifasida tashkiliy qo‘mita BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligiga uchrashuvni tashkil etishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Kataloniyaliklar jamoasi bugun Saudiya chempioni «Al-Ahli» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar