"Inter Mayami" jamoasi "Los-Anjeles Gelaksi"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi, deb Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuvdagi gollardan birini yulduz hujumchi Lionel Messi kiritdi. Shu tariqa u faoliyati davomida 875-golni urdi.
Futbol tarixida undan ko‘proq gol urgan yagona futbolchi – Krishtianu Ronaldu. Uning hisobida hozirda 938 ta gol bor.
Goal portali ma’lumotiga ko‘ra, Messi bu natijaga Ronaldudan tezroq yetdi. U 875 golni 1116 o‘yinda amalga oshirdi.
Ayni paytda Lionel Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq 38 yoshli argentinalik futbolchining shartnomani uzaytirishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar