13 dekabr kuni Saudiya Arabistoni chempioni «Al-Ahli» Ispaniya chempioni «Barselona»ga qarshi maydonga tushdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ushbu uchrashuv arafasida tashkilotchilar kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi va uning afg‘onistonlik 6 yoshli muxlisi, shu yil boshida o‘z kumiri futbolkasini polietilen paketdan yasab olib, internet orqali mashhurlashib ketgan afg‘onistonlik Murtazo Ahmadiyning uchrashuvini uyushtirishdi.
Murtazo o‘rtoqlik o‘yini boshlanganida ham Messi bilan qo‘l ushlashib, maydonga chiqib kelgan. U bu vaqt davomida hamda jamoa futbolchilari bir-birlari bilan ko‘rishib chiqayotganida Messidan ayrilmagan va futbolchining qo‘li bandligida uning shortigidan tutib olgan.
Keyin u to‘pni o‘yinni boshlash uchun o‘rnatib bergan. Hakamlar uni maydon chetiga taklif qilishganida avvaliga tashqariga yo‘nalgan, keyin esa burilib, yana Messi oldiga chopgan. Messi Murtazoning bu harakatlariga samimiy munosabatda bo‘lib, uning boshini silagan. Tez orada o‘yin hakami etib kelib, bolakayni opichlagan va uni maydondan olib chiqib ketgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»