date

"Manchester Siti" Ederson uchun 25 million yevro talab qilmoqda

"Manchester Siti" Ederson uchun 25 million yevro talab qilmoqda

“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Morayesni Turkiyaning eng kuchli klubi hisoblangan “Galatasaroy”ga berishni istamayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, istanbulliklar braziliyalik kiperni qo‘lga kiritish uchun ingliz klubiga 10 million yevro miqdorida badal puli taklif qilishgan. Biroq “shaharliklar” bu taklifni juda past deb hisoblab, rozi bo‘lmadi.

Jurnalist Fabritsio Romano ta’kidlashicha, manchesterliklar tajribali golkiper transferi uchun kamida 25 million yevro talab qilmoqda. Bu raqam turk klubi uchun hozircha qabul qilish qiyin bo‘lgan narx hisoblanmoqda.

Yana bir mashhur insayder Florian Plettenbergning yozishicha, “Galatasaroy” Edersonning transferi borasida uzoq kutmaydi. Agar kelishuv amalga oshmasa, turklar zaxira variant sifatida “Portu” klubi darvozaboni Diogu Koshtani olib kelish masalasini jiddiy ko‘rib chiqyapti.

Manbalarga ko‘ra, istanbulliklar portugaliyalik kiper uchun ilk taklifni yuborishga ham ulgurgan. Ular 25 yoshli darvozabon uchun 20 million yevro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilmoqda.

Qiziq jihati shundaki, Transfermarkt portali mutaxassislari Diogu Koshtani 40 million yevro atrofida baholashgan. Demak, agar kelishuv amalga oshsa, “Galatasaroy” katta imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa, Ederson masalasida uzoq muzokaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, turk klubi ehtiyot chorasi sifatida yangi yo‘nalishga ham nazar tashlayapti. Yangi mavsum arafasida “Galatasaroy” qaysi kiperni olishi futbol jamoatchiligi uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" Ederson uchun 25 million yevro talab qilmoqda