“Pari Sen-Jermen” klubi asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning Parijdagi faoliyati yakunlanishi aniq bo‘lib ulgurdi. Hatto uning bir yillik shartnomasi qolganiga qaramay, italiyalik kiper jamoani tark etib, Angliya Premer-ligasining yetakchilaridan biriga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Nufuzli manbalarning ta’kidlashicha, Donnarumma kelasi mavsumda o‘z faoliyatini “Manchester Siti” safida davom ettiradi. Bu transfer atrofidagi muzokaralar bir necha haftalardan beri davom etardi va oxir-oqibat jamoalar o‘zaro kelishuvga yaqinlashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ rahbariyati o‘z darvozaboni uchun 45–50 million yevro miqdorida badal puli talab qilgan. Ammo insayder Alfredo Pedullaning xabar berishicha, “Siti” bunday narxga rozi bo‘lmagan va futbolchi uchun bu qadar katta mablag‘ sarflamasligini bildirgan.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasida, “Manchester Siti” talab qilingan narxning yarmini to‘lashga kelishdi. Bu esa taxminan 22–25 million yevro atrofidagi summaga to‘g‘ri keladi.
PSJ mutasaddilar esa bu qarorni ma’qul ko‘rmoqda. Chunki katta maosh oladigan Donnarumma kelasi mavsum erkin agent maqomiga ega bo‘lib, klubni mutlaqo tekinga tark etishi mumkin edi. Shu bois, Parij klubi hozirning o‘zida undan muayyan mablag‘ ishlab olish yo‘lini afzal ko‘rdi.
Shu tariqa, yozgi transfer bozorida yana bir yirik kelishuv amalga oshishiga qadar sanalmoqda. Donnarummaning Angliyaga yo‘l olishi PSJ uchun yo‘qotish bo‘lsa-da, “Siti” darvozabonlar chizig‘ida katta kuchga ega bo‘ladi. Muxlislar esa yaqin kunlarda rasmiy e’lon qilinadigan xabarni sabrsizlik bilan kutmoqdalar.
Donnarumma PSJdan ketib, “Manchester Siti”ga yo‘l olmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar