date

"Barselona" mehmonda "Levante"ga qarshi 0:2ni 3:2ga aylantirdi (video)

"Barselona" mehmonda "Levante"ga qarshi 0:2ni 3:2ga aylantirdi (video)

Ispaniya La Ligasining 2-turida Xans-Diter Flik murabbiyligidagi "Barselona" "Levante" bilan to‘qnash kelib, 3:2 hisobida zafar quchdi.

Dastlab birinchi bo‘limning 15-daqiqasida Ivan Romero Garsiya darvozasini ishg‘ol qildi. 45+7-daqiqada esa to‘p Baldening qo‘liga tegdi va penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasidan Morales oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida Pedri uzoqdan kuchli zarba berib, chiroyli gol muallifiga aylandi. 3 daqiqa o‘tib esa Ferran Torres burchak zarbasidan kelgan to‘pni oyog‘i bilan zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, 90+1-daqiqada Unai Elgezabal o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:3).

La Liga. 2-tur
«Levante» - «Barselona» 2:3
Gollar: Romero (15), Morales (pen. 45+7) - Pedri (49), Ferran (52), Elgezabal (avtogol. 90+1).

Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" navbatdagi uchrashuvini "Rayo Valekano"ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" mehmonda "Levante"ga qarshi 0:2ni 3:2ga aylantirdi (video)