date

Diyego Simeone: «G‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik»

Diyego Simeone: «G‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik»

LaLiganing 2-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Elche» (1:1) uchrashuvidan keyin madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bilan harakat qilgan, ammo imkoniyatdan to‘liq foydalana olmagan.

«Muxlislarning xafaligi tabiiy»

— Muxlislarimizning ranjishi tabiiy hol. Biz ham xuddi shunday hisdamiz. Chunki bugungi bahsda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo natija biz istagandek chiqmadi. Futbolchilarimizning bor imkoniyatlarini ishga solishga harakat qildik, — dedi Simeone.

«Xotirjamlik va mehnat natija beradi»

— Bu holatdan chiqish uchun birinchi navbatda xotirjamlik, sabr va qattiq mehnat talab etiladi. Shundagina natijalar o‘z vaqtida keladi. Biz o‘z prinsiplarimizdan chekinmaymiz va ularga sodiq qolamiz. Aslida, o‘tgan ikkala uchrashuvda ham ochko yo‘qotishga arzimaganmiz, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» mavsumning ilk turida «Espanol»ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Endilikda jamoa ikki bahsda ham kutilgan natijani qo‘lga kirita olmadi.

Muttaxassislar fikricha, «Atletiko» yaqin turlarda o‘z o‘yinini topishi va g‘alabalar seriyasini boshlashi mumkin. Simeone esa o‘z so‘zlarida muxlislarning ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi jamoa uchun asosiy omil ekanini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyego Simeone: «G‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik»