Angliya Premer-ligasida mavsum boshlanishi bilanoq eng katta qiziqishlardan biri “Manchester Yunayted” va uning yangi murabbiyi Ruben Amorim atrofida to‘plandi. Portugaliyalik mutaxassis matbuot xizmati orqali jamoaning asosiy rejalari va yaqin yillardagi maqsadlarini ochiq bayon qildi.
“Klub oldiga aniq va jiddiy vazifa qo‘yilgan — bu chempionlik unvonini qo‘lga kiritish. Biz bunga shoshilmay, bosqichma-bosqich harakat qilmoqchimiz. Har bir uchrashuvda o‘z vazifamizni sidqidildan bajarib, g‘alabalar sonini ko‘paytirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi”, — deya qayd etdi Amorim.
Eslatib o‘tamiz, Premer-liganing yangi mavsumida “qizil iblislar” o‘z maydonida “Arsenal”ga qarshi ilk bahsni o‘tkazdi. Jangovor ruhda kechgan uchrashuvda mankunianliklar raqibga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Amorim fikricha, bu mag‘lubiyat jamoa uchun katta saboq bo‘ldi va kelgusida muvaffaqiyatga erishish yo‘lida muhim turtki vazifasini bajaradi. Uning ta’kidlashicha, klub o‘z so‘zini aytishi uchun tarkibdagi barcha futbolchilardan maksimal foydalaniladi.
Endi esa barchaning e’tibori APLning ikkinchi turiga qaratilmoqda. “Manchester Yunayted” bu gal “Fulxem”ga qarshi bahs olib boradi va muxlislar jamoadan o‘tgan turdagi yo‘qotishni yutuqqa aylantirishini kutishmoqda.
Shu tariqa, Ruben Amorim boshchiligidagi “qizil iblislar”ning oldida uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Ammo maqsad aniq: Angliya chempionligi uchun kurashish va klubni yana elita qatorida ko‘rish.
Amorim maqsadni ochdi: “Manchester Yunayted” chempionlik uchun kurashadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar