date

“Siti” mag‘lubiyatidan so‘ng: ekspertlar Husanovga chaqiriq qilmoqda

“Siti” mag‘lubiyatidan so‘ng: ekspertlar Husanovga chaqiriq qilmoqda

Angliya Premer-ligasining ikkinchi turi “Manchester Siti” uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Jamoa o‘z maydonida “Tottenhem”ga qarshi bahsda 0:2 hisobida taslim bo‘lib, ishqibozlarni juda ranjitdi.

Mag‘lubiyatning asosiy sababi sifatida himoya chizig‘idagi qo‘pol xatolar tilga olindi. Birinchi golda Jon Stounz raqib hujumchisi Rivarlisonga qarshi harakatda samara ko‘rsata olmadi va yiqilib qolgan paytda Brennan Jonson hisobni ochdi. Ikkinchi to‘p esa darvozabon Jeyms Traffordning noqulay pasidan keyin Joau Palinya tomonidan kiritildi.

Shu holatdan so‘ng, “The Athletic” nashrining jurnalisti Jordan Kempbell Pep Gvardiolaga Abduqodir Husanovdan ko‘proq foydalanish kerakligini yozdi.

— Men Husanovni o‘ng qanot himoyasida ko‘rish g‘oyasidan qaytmayman. Uning tezligi va birga-bir vaziyatlarda himoyalanish mahorati ayni paytda Premer-ligada eng muhim jihatlardan biri. “Tottenhem”ga qarshi bahsda Riko Lyuisning o‘yini Gvardiolani bu masala ustida jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi mumkin, — deb ta’kidladi jurnalist.

Futbol tahlilchilari ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, Husanovning tezkorligi, jismoniy kuch-quvvati va harakatdagi shiddati jamoa himoyasini kuchaytirishda muhim omil bo‘lishini e’tirof etmoqda. Garchi o‘zbek futbolchisi to‘pga ko‘p teginmasa ham, uning aniq paslari va o‘yinni chuqur o‘qiy olish qobiliyati yuqori baholanmoqda.

Shu tariqa, Ruben Diash va Riko Lyuis o‘yinida ko‘ringan muammolarga yechim sifatida Abduqodir Husanovning nomzodi tobora jiddiy tilga olinmoqda. Muxlislar esa uning tezkor va ishonchli harakatlarini “Siti”ning kelgusi bahslarida ko‘rishga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Siti” mag‘lubiyatidan so‘ng: ekspertlar Husanovga chaqiriq qilmoqda