
Istanbulning "Bashakshehir" klubi matbuot kotibi Go‘khan Yilmaz, legionerimiz Abbosbek Fayzullayevning yangi jamoaga moslashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Abbosbekning "Bashakshehir"ga moslashuvi uchun alohida vaqt talab qilinmadi. U turkiy tilda gaplashadigan millatga mansub o‘zbek bo‘lgani uchun Turkiyada o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Ushbu haftada Konferensiyalar ligasidagi ilk rasmiy o‘yinida ishtirok etdi. Allaqachon maydonlarda o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda," – dedi klub matbuot kotibi.
Fayzullayev 7 million yevro evaziga Turkiyaning "Bashakshehir" klubiga ko‘chib o‘tgan va shu klubda yangi qadamlar qo‘ymoqda. Uning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari, shu jumladan, SSKAdagi 72 o‘yini, 8 gol va 22 golli uzatmalar bilan esda qoldi. Transfermarkt saytiga ko‘ra, uning transfer narxi 8 million yevroni tashkil etmoqda.
Ma’lumki, Abbosbekning yangi klubdagi o‘yini muxlislar va sport mutaxassislari uchun katta qiziqishga sabab bo‘ldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.