date

La Liga. "Real" ikki daqiqada 2 ta gol urib, "Malorka"ni mag‘lub etdi (video)

La Liga. "Real" ikki daqiqada 2 ta gol urib, "Malorka"ni mag‘lub etdi (video)

La Liga 3-turida «Real» o‘z maydonida «Mallorka»ni qabul qilib, kambek evaziga g‘alaba qildi.

Dastlab to‘qnashuvning 18-daqiqasida Vedat Muriki hisobni ochdi. 37 va 38-daqiqalarda Arda Gyuler va Vinisius Junior gollar urib, jamoasini oldinga olib chiqdi va g‘alaba qozonishini ta’minladi.

Kilian Mbappe uchrashuv davomida 2 ta gol urgan edi. Lekin ikkisi ham ofsayd sabab bekor qilindi. Bundan tashqari, turkiyalik iste’dod ham dublni rasmiylashtirdi, ammo bosh hakam VAR'ni tekshirganidan so‘ng to‘p qo‘lga tekkanini aniqladi.

O‘yin yakunigacha ushbu natija o‘zgarmadi va "Real" ochkolarini 9 taga yetkazib, La Liga peshqadamiga aylanib oldi.

Real - Mallorka - 2:1
Gollar: Gyuler 37, Vinisius 38 - Murika 18.
«Real»: Kurtua, Trent, Militao, Heysen, Fernandes, Valverde, Chuameni, Mastantuono, Gyuler, Vinisius, Mbappe.

Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 13 sentyabr kuni "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Real" ikki daqiqada 2 ta gol urib, "Malorka"ni mag‘lub etdi (video)