«Manchester Siti»ga tegishli bo‘lgan tajribali shveysariyalik himoyachi Manuel Akanji yangi klubga ko‘chib o‘tishi mumkin. Yevropa matbuotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchini Londonning «Tottenhem» jamoasi o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Ma’lumotlarga qaraganda, «shporlar» Akanji uchun kurashda yetakchi hisoblanmoqda. Shu bilan birga, unga Italiyaning «Milan» hamda Angliyaning «Kristal Pelas» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Himoyachi hozirda «shaharliklar» bilan 2027-yilning yarmigacha amal qiluvchi shartnoma bilan bog‘langan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 28 million yevro deb baholamoqda.
Manuel Akanji «Manchester Siti» tarkibida 136 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu bois, tajribali himoyachining transferi yozgi oynada eng qiziqarli mavzulardan biriga aylanishi tabiiy hol.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar