date

Edersonning turk klubiga ko‘chishi haqida kelishuvga erishildi

Edersonning turk klubiga ko‘chishi haqida kelishuvga erishildi

Futbol insayderi Yagiz Sabundjuoglu tarqatgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Fenerbaxche» jamoalari 32 yoshli tajribali darvozabon Ederson transferi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga kelgan.

Manbalar yozishicha, «shaharliklar» Istanbul klubining 12 million yevro va qo‘shimcha bonuslardan iborat taklifini qabul qilgan. Shuningdek, futbolchining o‘zi ham Turkiyaga ko‘chib o‘tishga rozilik bergani ta’kidlanmoqda.

Edersonning «Siti»ni tark etishining asosiy sabablaridan biri sifatida unga nisbatan bildirilayotgan ishonchning sezilarli darajada pasayishi ko‘rsatilmoqda. Yozda jamoaga yangi posbon Trafford qo‘shilib, asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egalladi.

Shu bilan birga, ayrim nufuzli manbalarga ko‘ra, «Manchester Siti» hozirning o‘zidayoq Italiya termasi posboni Janluiji Donnarumma bilan ham kelishuvga erishgan. Agar bu xabarlar tasdiqlansa, Edersonning turk klubiga o‘tishi masalasi yanada oydinlashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Edersonning turk klubiga ko‘chishi haqida kelishuvga erishildi