date

Jeydon Sancho maftunkor tarzda «Aston Villa» safiga qo‘shildi

Jeydon Sancho maftunkor tarzda «Aston Villa» safiga qo‘shildi

Angliya futbolida muhim yangilik — «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Jeydon Sancho endi «Aston Villa» sharafini himoya qiladi. Bu haqda klubning rasmiy portali orqali ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik futbolchi ijara asosida birminghemliklar safida to‘p surishni boshlaydi. «Aston Villa» hozircha Sancho maoshining 80 foizini qoplaydi, ammo kelgusida bu ko‘rsatkich to‘liq 100 foizga yetishi mumkinligi aytilmoqda.

Jeydon o‘tgan mavsumni ham ijara asosida o‘tkazgan edi — u «Chelsi» jamoasi tarkibida APLning 31 ta uchrashuvida ishtirok etib, 3 ta gol urishga va 4 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborlisi, Sancho «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning professional faoliyatining asosiy qismi «Borussiya Dortmund» safida o‘tdi.

Avvalroq esa futbolchi «Roma» klubi taklifini qabul qilmagani haqida xabar qilingandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeydon Sancho maftunkor tarzda «Aston Villa» safiga qo‘shildi